AsosiyJamiyat

3 ta viloyatda zaxiradagi er maydonlarini sotmoqchi bo`lganlar ushlandi

'3 ta viloyatda zaxiradagi er maydonlarini sotmoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko`ra, Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.X. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib,  Farg`ona tumani Xonqiz MFY hududidagi 1 gektar zaxiradagi er maydonini o`ziniki ekanligini aytadi va ushbu er maydonini 16 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kosonsoy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.I. boshqa bir fuqaro A.ga tumandagi  “Olmazor” MFYdagi 10 sotix zaxiradagi er maydonini 9 500 AQSh dollariga sotishini aytib, unga tanishlari yordamida ushbu er maydonida dam olish maskani qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan  2 000 AQSh dollari va 11 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo`limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.M. boshqa bir fuqaro I.ga tumanning “Olg`a” MFY hududida joylashgan 15 sotix zaxiradagi er maydonini 2 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar