AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 1,4 mln. AQSh dollari evaziga 16 gektar er olib bermoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

'Toshkent viloyatida 1,4 mln. AQSh dollari evaziga 16 gektar er olib bermoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

DXX matbuot xizmati "darakchi.uz"ga noqonuniy er sotish bilan bog`liq jinoyat tafsilotlari haqida xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Ohangaron shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1955, 1976 va 1979 yillarda tug`ilgan 3 nafar shaxs firibgarlik yo`li bilan mahalliy tadbirkorning 300 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Aniqlanishicha, ular tadbirkorning ishonchiga kirib, Ohangaron tumanida joylashgan «Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududidan 16 gektar er maydonini  mansabdor tanishlari orqali, u rahbarlik qilayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyat nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 million 400 ming AQSh dollari talab qilishgan va 300 ming AQSh dollarini oldindan berishi kerakligini aytishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi  bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar