O`zbekiston nizodan oldin Ukraina tibbiyot OTMlarida o`qigan 200 nafar hindistonlik talabani o`qishga qabul qildi. Bu haqda "Zamon.uz" O`zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tayanib ma`lum qildi.
Elchi Dilshod Axatov Nyu-Dehlida bu bo`yicha ma`lumot bergan. Talabalar suhbat asosida o`qishga qabul qilingan. Ularning aksariyati Buxoro davlat tibbiyot universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasiga aylangan.
O`zbekiston tomoni hindistonliklarga ikki tibbiyot dasturi bo`yicha ta`lim olishni taklif qilgan.






