Namangan viloyati Mingbuloq tumanida “R.K.” fermer xo`jaligi rahbari D.E. fuqaro D.ga ushbu fermer xo`jaligiga o`rmonchilik tashkil etish maqsadida ijaraga berilgan 2 gektar er maydonini o`ziniki ekanligini aytib, evaziga 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






