Hodisa 16 oktyabr soat taxminan 02-30 larda sodir bo`lgan. Viloyat IIB bu haqda xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, haydovchi T.B. boshqaruvida bo`lgan "Spark" rusumli avtotransport vositasini boshqarib borib xalqaro ahamiyatga molik A-380 "G`uzor-Buxoro-Nukus-Beynau" avtomobil yo`lining Koson yo`nalishida harakatlanib, Koson tumani, "Obron" MFY hududining 78 km. ga kelganda ajratib turuvchi beton to`siqqa urilgan.
Ushbu hodisani sodir etgan haydovchi T.B. hodisa joyida, uning yo`lovchisi U.V. esa shifoxonada vafot etgan.
"Hozirda mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB xuzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan", — deyiladi xabarda.






