AsosiyJamiyat

Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

'Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" 17 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar