Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Qarshidagi manzil koloniyadan mahkum qochib ketdi" xabari yuzasidan IIV JIED ma`lumot berdi.
Aytilishicha, 4-mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasida Jinoyat kodeksining 118-moddasi bo`yicha jazo muddatini o`tab kelgan mahkum P.Z. 2022 yil 15 oktyabr kuni soat 18.00 larda koloniya hududida yo`qligi aniqlangan.
Qidiruv jarayonida mahkum P.Z. ruxsatsiz chiqib ketganligi va 20.35 da manzil muassasa hududidan tashqarida ekanligi ma`lum bo`lgan.
Hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan mahkum P.Z. ning ushbu tartibbuzarligiga huquqiy baho berilib, jazo muddatining qolgan qismini o`tash uchun yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi ko`rib chiqilmoqda, deyiladi xabarda.
17.10.2022 05:10
Qarshidagi manzil koloniyadan mahkum qochib ketdi






