1

Qobuldagi Amerika universitetiga hujum uyushtirgan jangarilar yo`q qilindi

Dunyo 25.08.2016, 11:33
Teglar: Jangari
Qobuldagi Amerika universitetiga hujum uyushtirgan jangarilar yo`q qilindi

Afg`oniston huquq-tartibot idorasi xodimlari Qobuldagi Amerika universitetiga hujum uyushtirgan 2 jangarini yo`q qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Jangarilarni qo`lga olish maxsus tadbiri kechasi bilan, 25 avgust tongiga qadar davom etdi. Hozirda voqea joyida huquq-tartibot idorasi xodimlari ish olib borib, jinoyat qurolini o`rganmoqda.

Afg`oniston hukumati bergan ma`lumotga ko`ra, jangarilarning hujumi tufayli 12 kishi halok bo`lgan, ular orasida universitet qorovuli va 7 talaba bo`lgan. 44 kishi yaralangan, shulardan 35 nafari talabalardir. 

Chet ellik o`qituvchi ham jarohat olgan. Nufuzli oliy o`quv yurtidan 700 nafar talaba evakuasiya qilingan.

Jangarilar chorshanba, 24 avgust kuni kechqurun 1700 nafar talaba o`qiydigan Amerika universitetiga bostirib kirgan. Kirishdan oldin ular bomba portlatgan. Talabalarning aksariyat qismi orqa eshik orqali qochishga ulgurgan, boshqalar bino ichida qamalib qolgan. Qutulish maqsadida, ko`pchilik yuqori qavatlardan pastga sakrab, turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Guvohlarning ma`lumot berishicha, universitetda yuqori darajada xavfsizlik choralari ko`rilganiga, qorovullarning qurollanganiga qaramay, jangarilar oliy o`quv yurtiga bostirib kirgan. Jangarilar mazkur oy davomida ikkinchi marotaba bu oliy o`quv yurtiga hujum qilgan. Ular yo`l-yo`lakay amerikalik va avstriyalik o`qituvchilarni garovga olgan.

Hozircha hujumni hech qaysi terrorchilik tashkiloti o`z bo`yniga olmagan. So`nggi oylarda hududida “Tolibon” va “Islom davlati” terrorchilik guruhi faol bo`lgan Afg`onistonda vaziyat keskinlashgan.

Sharhlar

​Filippin janubida jangarilar maktabga hujum qildi

21.06.2017, 10:29

Filippin janubida “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan yaqin aloqada bo`lgan jangarilar maktabga hujum qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, jangarilar o`quvchilarni...
​Somalidagi otishmada 6 kishi halok bo`ldi

29.05.2017, 16:39

Somalining Abud-vak shahrida jangarining o`q uzishi oqibatida 6 kishi halok bo`ldi, 15 kishi yaralandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.Nashr bergan ma`lumotga ko`ra, jangarining qo`lida Kalashnikov...
​FQB xodimasi “Islom davlati” jangarisiga turmushga chiqdi

02.05.2017, 15:15

AQSh FQB xodimasi, tarjimon vazifasida ishlagan Daniela Grin 2014 yilda Suriyaga borib, “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarisi Denis Kuspertga turmushga chiqqan, deb xabar berdi...
​Amerikalik erkak tug`ilgan kunni nishonlayotgan odamlarga qarata o`q uzdi

02.05.2017, 10:56

Amerikaning San-Diego shahridagi uylardan birida basseyn atrofida tug`ilgan kunni nishonlayotgan odamlarga qarata noma`lum shaxs o`q uzdi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri. Oqibatda bir kishi halok...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1