Germaniya restoran va mehmonxonalari energetika inqirozidan aziyat chekmoqda. Ular xarajatlarni kamaytirish maqsadida elektr toki va isitish uchun qo`shimcha haq olishni boshladi. Bu haqda manbalarga tayanib "Zamon.uz" sayti ma`lum qildi.
Xabar qilinishicha, mehmonxonalar narxiga kuniga 3 evrodan 9 evrogacha qo`shimcha to`lov qo`shiladi.
Shu bilan birga mehmonxonalar keyinchalik to`lov hajmini oshirish huquqini saqlab qoladi.
"Restoranlarda esa har bir mehmondan o`rtacha 1,5 evro olib qolinmoqda", — deyiladi xabarda.