AsosiyJamiyat

Endi uy-joy xaridi uchun subsidiya olish osonlashadi

'Endi uy-joy xaridi uchun subsidiya olish osonlashadi'ning rasmi

“Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagilar belgilandi:

  •   Yoshlar ishlari agentligi bo`lim boshlig`i va aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktorlari subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan chiqariladi;  
  •  Aholi bandligiga ko`maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo`limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan subsidiya olish uchun arizani ko`rib chiqish tartibi bekor qilinadi;

Bunda mazkur tashkilotlarning ma`lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta`minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:  

  • Yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;  
  • olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma`lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.
     

Shuningdek, 2022 yil 1 noyabrga qadar “Labor - migration” dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali subsidiya.idm.uz dasturiy ta`minotiga integrasiya qilinadi.

Qayd etilganidek, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag`lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo`yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

Eslatib o`tamiz, 2022 yil 1 noyabrga qadar 2020-2022 yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to`g`risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo`yicha to`lanmay qolgan subsidiyalarni to`liq to`lash choralari ko`riladi.

Shu jumladan, 2021 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to`g`risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy ro`yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.  

    Boshqa yangiliklar