Salome Zurabishvili rossiyaliklarning mamlakatga kirib kelishi fonida Rossiya Federasiyasi bilan vizasiz rejim qayta ko`rib chiqilishini istisno qilmasligini aytdi. Yakuniy qaror Gruziya hukumati tomonidan qabul qilinishi kerak. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabariga tayanib, "Zamon.uz" yozmoqda.
“Buni xavf deb ayta olmayman, lekin bu shubhasiz qiyinchilik. Ehtimol, bugungi sharoitda liberal bo`lgan vizasiz rejimni qayta ko`rib chiqishga to`g`ri keladi”, — dedi Zurabishvili.
Uning ta`kidlanishicha, yakuniy qarorni hukumat jamiyat bilan birgalikda qabul qilishi kerak.
Avvalroq Gruziya muxolifat partiyalari va bir qator nodavlat tashkilotlar rasmiylarni Rossiya fuqarolari uchun viza rejimi joriy etishga chaqirib, ularning mamlakatda bo`lish muddatini uch oy bilan cheklagandi.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, mart-iyun oylarida Gruziyaga 278 mingga yaqin Rossiya fuqarolari kirib kelgan. 21 sentyabrda e`lon qilingan “qisman” safarbarlik muhojirlarning yangi to`lqiniga olib keldi.