SpaceX asoschisi Ilon Mask Starlink’da xayriya funksiyasini ishga tushirishini bildirdi. Bu haqda u Twitter’dagi o`quvchisining Ugandadagi shifoxonalar uchun sun`iy yo`ldosh tizimlari ajratish haqidagi savoliga javoban gapirib o`tdi, deb yozmoqda "Zamon.uz".
“Yaxshi, Starlink’ga xayriya imkoniyatini ham qo`shamiz”, — deb yozgan milliarder.
Oldinroq Mask Starlink sun`iy yo`ldosh tizimining Ukrainada faoliyati uchun beg`araz haq to`lashda davom ettirishini aytgan edi.
Eslatib o`tamiz, 14 oktyabr kuni Mask Ukrainadagi “Starlink” kompaniyasini moliyalashdan bosh tortishga qaror qilgani xabar qilingandi.
Oktyabr oyi boshida Mask Ukraina va Rossiya o`rtasidagi “tinchlik” bo`yicha o`zining formulasini taklif qilgan. U bahsli hududlarda BMT nazorati ostida referendumlar o`tkazish, Qrimdan voz kechish va neytral maqomni taklif qilgan.