AsosiyDunyo

Poezdga kech qolayotgan qiz avtobus oynasini urib sindirdi

24 avgust kuni Sankt-Peterburg shahrida yashovchi, avtobusda ketayotgan noma`lum qiz tezyurar “Sapsan” poezdiga kech qolmaslik maqsadida avtobusning old eshigi oynasini urib sindirdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Guvohlarning ma`lumot berishicha, voqea Neva prospektidagi № 77-uy ro`parasida yuz bergan. Moskvaga qatnovchi tezyurar poezdga ulgurish maqsadida noma`lum qiz “Liaz” avtobusining old eshigi oynasini urib sindirgan. Polisiya bir zumda etib kelganiga qaramay, “bezori” qiz voqea joyidan yashirinishga ulgurgan.

“VKontakte” ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilari bo`lib o`tgan voqeani qizg`in muhokama qildi. Ko`pchilik yo`ldagi tirbandlik natijasida haydovchilarning yo`lovchilar iltimos qilgan joyda to`xtamasliklarini misol qilib, qizning yonini olib, izoh qoldirgan. Hattoki qonunbuzar qizni maqtaydiganlar ham topilgan.

Peterburgliklar polisiya aybdor qizni topib, javobgarlikka tortishiga ishonch bildirgan.

Boshqa yangiliklar