Eronlik alpinist Elnaz Rekabi Seuldagi Osiyo chempionatida hijobsiz chiqish qildi.
Shu tariqa, sportchi mamlakatdagi ayollarning ommaviy norozilik namoyishlarini qo`llab-quvvatlashini bildirgan. Ammo u musobaqadan bir kun o`tib g`oyib bo`lgani haqida xabar qilinmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, sportchi qamoqxonaga olib ketilgan.Endi u o`z vatanida jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Eron qonunlariga ko`ra, hijob o`rashdan bosh tortgan ayollar qamoq jazosiga tortiladi.
Bu Islom inqilobi boshlanganidan beri birinchi marta eronlik sportchining musobaqalarda boshi ochiq holda paydo bo`lishi.