Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimizni tantanavor kutib olish marosimida O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi.
Xonandaning rasmiy saytining ma`lumot berishicha, Ozodbek Nazarbekov sportchilarni faxr bilan tabriklab shunday dedi:
"Judayam katta yutuqlarni qo`lga kiritdingiz. Shaxsan mening farzandlarim sizga havas qilib sportchi bo`laman, deb qaror qilishdi! Chempionlik muborak bo`lsin.Siz bilan faxrlanamiz!”.





