Bu haqda Qirg`iziston Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Beyshenaliev olingan 110 000 dollarlik poraning qolgan qismini qopladi, deb ma`lum qildi vazirlik.
Avvalroq u 37,5 ming dollarni qaytarib bergani aytilgandi. Ular uning uyidan topilgan. Endi u ixtiyoriy ravishda 62,5 ming dollarni ham qaytardi.
"Buni hisobga olgan holda, shuningdek uning surunkali kasalliklari, to`rtta voyaga etmagan farzandi va doimiy yashash joyi borligi sababli, uni uy qamog`ida ozod qilishga qaror qilingan" deyiladi xabarda.