AsosiyDunyo

​Dunyoda chaqaloqlar tug`ilishi nega keskin kamaydi?

'​Dunyoda chaqaloqlar tug`ilishi nega keskin kamaydi?'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti dunyoda tug`ilish ko`rsatkichlari sezilarli darajada pasayganiga doir statistikani e`lon qildi. Unga ko`ra, ushbu muammoning kelib chiqishi asosan koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, kasallikni jilovlash maqsadida qo`llanilgan qat`iy karantin cheklovlari va “lokdaun” qoidalari chaqloqlar dunyoga kelishini keskin kamaytirdi. 

Ya`ni bu davrda tibbiyot muassasalarining yuklama bilan ishlashi, homiladorlik davrida xastalikni yuqtirishdan kuchli qo`rquv va iqtisodiy muammolar aksariyat ota-onalarni farzandli bo`lish rejasidan vaqtincha voz kechishga undadi.

JSSTning dastlabki hisob-kitoblariga ko`ra, bu borada Boltiqbo`yi mamlakatlari va Ruminiyada shiddatli pasayish dinamikasi qayd etilib, ko`rsatkichlar mos ravishda 28 va 23 foizni tashkil etdi. Evropa Ittifoqining qolgan davlatlarida esa kamayish holatlari 14 foizga etdi. 

Tashkilot ekspertlari xulosasiga ko`ra, koronavirus cheklovlari qancha uzoq davom etsa, bolalar tug`ilishi ham shuncha ozayaveradi.

Shunga qaramay, bu global muammo Shvesiyani butunlay cheklab o`tgani bejiz emas. Chunki bu erda COVID-19 epidemiyasi u qadar katta talafot va yo`qotishlarni keltirib chiqarmadi. Shu sababli rasmiylar mamlakatda qat`iy karantin choralarini joriy qilmadi. 

Binobarin, o`tgan yil davomida Buyuk Britaniyada tug`uruqlar soni 13 foiz, Shotlandiya va  Fransiyada 14 foiz hamda Ispaniyada 23 foizga kamaygan.


 

    Boshqa yangiliklar