Turkiya harbiylari qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketani sinovdan o`tkazdi, deb xabar berdi "Bloomberg" vaziyatdan xabardor ikki kishiga tayanib.
Qayd etilishicha, raketa Rize shahri yaqinidagi mobil platformadan mahalliy vaqt bilan taxminan ertalab soat 7:00 da uchirilgan. Raketa Sinop shahri qirg`oqlariga qulashidan oldin 561 kilometr masofani bosib o`tgan. Manbalarning ta`kidlashicha, Turkiyada ishlab chiqarilgan ushbu raketa bosib eng uzoq masofani bosib o`tgan deb hisoblanmoqda.
Ma`lumotlariga ko`ra, raketalarni yaratish bo`yicha maxfiy loyiha "Tayfun" deb nomlanadi va bu boradagi ishlar bir necha yildan buyon davom etmoqda.