Avvalroq Toshkent shahridagi “G`afur G`ulom” parki joriy yilning 1 sentyabridan o`z faoliyatini qayta tiklashi haqida xabar bergan edik. Biroq oradan qariyb bir yarim oy o`tdi hamki bog`ning ochilishidan hamon darak yo`q.
Zamon.uz'ning aniqlik kiritishicha, istirohat bog`i 24 oktyabr kuni ochiladi.
Bunda aholining bog` hududiga kirishiga ruxsat beriladi.
"Ayni paytda bog`da so`nggi ta`mirlash ishlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.