AsosiyJamiyat

Zararli yoki xavfli ishlarda ishlaydigan xodimlar tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi

'Zararli yoki xavfli ishlarda ishlaydigan xodimlar tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Elektr energetikasi ob`ektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur qoidalar bilan elektr energetikasi ob`ektlariga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlarning ishlashini tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari, shuningdek, elektr energetikasi ob`ektlarida qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda ta`mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar bilan ishlash tartibi belgilandi.

Xodimlarning, shu jumladan, rahbar xodimlarning o`z kasbi va ish turi bo`yicha sanoat va yong`in xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me`yorlar va yo`riqnomalar bo`yicha bilimlari sinovdan o`tkaziladi.

Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog`liq og`ir ishlarda ishlaydigan xodimlar dastlabki va davriy tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

Xodimlar bilan ishlash yillik rejalarga muvofiq tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. Xodimlarni (mutaxassislarni) tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini boshqarish korxonaning bosh muhandisiga yuklanadi.

    Boshqa yangiliklar