Xersondan Rossiyaga 60 ming kishi evakuasiya qilinadi. Bu haqda viloyatning Moskva tomonidan tayinlangan “rahbari” Vladimir Saldo ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
“50-60 ming odamni Dneprning chap qirg`og`iga ko`chiramiz”, – degan u.
Saldoning so`zlariga ko`ra, bu odamlarni evakuasiya qilish uchun 6 kun kerak bo`ladi. Bundan tashqari, u Kaxovka GES buzilgan taqdirda Xersonning ayrim hududlari suv ostida qolishidan ogohlantirgan.
18 oktyabr kuni Rossiyaning Ukrainadagi kuchlari qo`mondoni Sergey Surovikin Xersonda vaziyat rus qo`shinlari uchun og`irlashganini aytgan. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, Ukraina armiyasi bu erda muvaffaqiyatli qarshi hujumlarini davom ettirmoqda.