AsosiyJamiyat

Elektr tokidan eng ko`p noqonuniy foydalanadigan 4 ta viloyat ma`lum qilindi

'Elektr tokidan eng ko`p noqonuniy foydalanadigan 4 ta viloyat ma`lum qilindi'ning rasmi

O`tgan 9 oy davomida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish tufayli tizimga 26,1 mlrd. so`m zarar etkazilgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda “O`zenergoinspeksiya“ axborot xizmati rahbari Navro`z Norboboev ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko`pi – Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg`ona viloyatlarida aniqlangan.

“O`zenergoinspeksiya” va vakolatli organlar bilan kelishilgan holda o`tkazilgan tadbirlarda elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 ta iste`molchi tomonidan 87,1 mlrd.so`m etkazilgan zarar bo`yicha qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi.

Tekshiruvlarda noqununiy ulangan, qoniqarsiz texnik holatdagi jami 3608 ta elektr qurilmaning ishi hamda xavfsizlikka rioya qilmagan 35 ta brigadaning ishi to`xtatildi.

 

    Boshqa yangiliklar