AsosiyDunyo

Putin Ukrainaning qisman bosib olingan Xerson, Zaporoje, Donetsk va Lugansk viloyatlarida harbiy holat joriy etish to`g`risidagi farmonni imzoladi

'Putin Ukrainaning qisman bosib olingan Xerson, Zaporoje, Donetsk va Lugansk viloyatlarida harbiy holat joriy etish to`g`risidagi farmonni imzoladi'ning rasmi

 Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Kengashi yig`ilishida Ukrainaning qisman bosib olingan to`rt viloyatida harbiy holat joriy etish haqidagi farmonni imzolaganini aytdi. Bu haqda rbc yozmoqda.
Harbiy holat Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarida joriy etilgan.
Rossiya Xavfsizlik Kengashi yig`ilishi boshida nutqi davlat televideniesi orqali jonli efirda namoyish etilgan Putin, bu hududlarda qancha muddatga harbiy holat joriy etilishiga aniqlik kiritmadi.
Farmon tasdiqlash uchun Federasiya Kengashiga yuborilgan.

Ukrainaning qisman bosib olingan Xerson, Zaporoje, Donetsk va Lugansk viloyatlari oktyabr oyi boshida Rossiyaga qo`shib olingan edi. 30 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin ularning qo`shilishi to`g`risidagi shartnomalarni imzoladi, keyin esa Rossiya parlamenti ularni mamlakat tarkibiga kiritish to`g`risida konstitusiyaviy qonunlarni qabul qildi.
Biroq, anneksiya qilishga urinish Ukraina armiyasining qarshi hujumiga sabab bo`ldi, Putinning yig`ilishda chiqishidan bir necha soat oldin esa Xersondan odamlar va amaldorlarni evakuasiya qilish haqida e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar