AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi barcha elektr stansiyalari texnik ekspluatasiyadan o`tkazilishi shartligi haqida hukumat qarori tasdiqlandi

'O`zbekistondagi barcha elektr stansiyalari texnik ekspluatasiyadan o`tkazilishi shartligi haqida hukumat qarori tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari tasdiqlandi. 

Qoidalarga muvofiq, qurilishi tugallangan IES, GES, QES, SHES va boshqa elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar ekspluatasiyaga qabul qilinishi kerak.

Ekspluatasiyadan oldin quyidagilar amalga oshiriladi:

- uskunalarning individual sinovlari, asosiy va yordamchi uskunalarning sinov tarzida ishga tushirilishi bilan tugaydigan energobloklar uchun alohida tuzilmalarning funsional sinovlari;

- uskunalarning kompleks sinab ko`rilishi.

Energetika ob`ektlarida ishlashga maxsus ma`lumotga ega va tayyorgarlikdan o`tgan shaxslarga ruxsat beriladi.

Tezkor va tezkor-ta`mirlash xodimlari kamida 3 oyda bir marta avariyaga qarshi nazorat mashg`ulotlarini o`tishlari shart.

Shuningdek, qoidalarda energetika ob`ektlarining ekspluatasiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish, texnik xizmat ko`rsatish va modernizasiya qilish tartibi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar