AsosiyJamiyat

Samarqandda 16 ta tuman va shahar hokimliklari sudga berildi, ma`lum qilinishicha...

'Samarqandda 16 ta tuman va shahar hokimliklari sudga berildi, ma`lum qilinishicha...'ning rasmi

Samarqand viloyatida 3 milliard so`mdan ortiq qarzdorlikni to`lamagan hokimliklarning ishi sudga oshirildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi matbuot kotibi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyat Qurilish bosh boshqarmasida elektron-auksionda sotiladigan er uchastkalari yuzasidan ishlab chiqilgan arxitektura va rejalashtirish topshirig`i uchun tuman (shahar) hokimliklari tomonidan to`lovlarni amalga oshirilishi holati so`rov yo`li bilan o`rganilganda bir qator tuman (shahar) hokimliklari tomonidan yirik miqdordagi qarzdorlik mavjudligi aniqlandi.  

Xususan, “Arxitektura-rejalashtirish topshirig`i byurosi” UK tomonidan tuman (shahar) hokimliklari hududida joylashgan er uchastkalari uchun 2020-2022 yillar oralig`ida (14.02.2022 yil holatiga) 5 716 ta ARTlar ishlab chiqilgan bo`lib, jami qarzdorlik qiymati 3 mlrd 259 mln 236 ming so`mni tashkil etgan. O`rganish natijalari bo`yicha  taqdimnomalar kiritilgan bo`lishiga qaramay, hokimlik masu`llari qonunchilik talablarini vaqtida bajarmagan.

Jumladan, Kattaqo`rg`on shahar hokimligi 117 ta er uchastkasi uchun ishlab chiqilgan arxitektura-rejalashtirish topshirig`i yuzasidan jami 126 360 000 so`m, Narpay tuman hokimligi 59 400 000 so`m, Oqdaryo tuman hokimligi 195 840 000 so`m, Paxtachi tuman hokimligi 137 160 000 so`m, Payariq tuman hokimligi 97 200 000 so`m, Jomboy tuman hokimligi 196 560 000 so`m, Ishtixon tuman hokimligi 231 120 000 so`m, Bulung`ur tuman hokimligi 344 520 000 so`m, Urgut tuman hokimligi 209 520 000 so`m, Samarqand tuman hokimligi 116 640 000 so`m, Pastdarg`om tuman hokimligi 505 516 000 so`m, Samarqand shahar hokimligi  57  240 000 so`m, Nurobod tuman hokimligi 505 516 000 so`m, Qo`shrabot tuman hokimligi 552 960 000 so`m, Toyloq tuman hokimligi 7 560 000 so`m, Kattaqo`rg`on tuman hokimligi 290 520 000 so`m qarzdorlikni to`lab bermagan.      

Mazkur qarzdorliklarni bartaraf etish maqsadida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan bo`lsa-da, hokimliklar ushbu muammoni hal qilish choralarini ko`rmagan. Shundan so`ng, shahar va tumanlararo Iqtisodiy sudlariga da`vo arizalari kiritilib, ish sud tartibida ko`rib chiqildi. Sud to`plangan dalillar hamda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy prosessual kodeksining tegishli moddalarini qo`llab, da`vo talablarini to`liq qanoatlantirishni lozim topdi va qarzdorlikni undirish to`g`risida qaror qabul qildi.  

    Boshqa yangiliklar