Multindikator klaster kuzatuvi (MICS) natijalariga ko`ra, O`zbekistonda faqatgina 5 foiz otalar farzandlarining ta`lim jarayonlarida ishtirok etadi. Bu haqda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Davlat statistika qo`mitasi hamda BMT xalqaro bolalar jamg`armasi UNICEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o`tkazilgan “Multiindikator klaster kuzatuvlarining dastlabki natijalari” mavzusiga bag`ishlangan taqdimot yig`ilishida axborot berildi.
Multindikator klaster kuzatuvi (MICS) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg`armasi YuNISEF tomonidan ishlab chiqilgan uy xo`jaliklarining tanlanma kuzatuv xalqaro dasturi bo`lib, asosan, bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada taqqoslash imkonini beruvchi ko`p ko`rsatkichli ma`lumotlarni yig`iladi, shu o`rinda onalar va bolalar bo`yicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik ma`lumotlar manbasi hisoblanadi.
MICS kuzatuvlari 1995 yildan boshlab 2022 yilga qadar dunyo mamlakatlari o`rtasida 118 ta davlatda 349 marotaba o`tkazilgan bo`lib, O`zbekistonda esa uchinchi bor tashkil etildi.
O`zbekistonda MICS kuzatuvi tanlab olingan 556 ta mahallada joylashgan 15 mingdan ortiq uy xo`jaliklarida, joyiga chiqqan holda respondentlar bilan suhbatlashish orqali yig`ildi.
MICS natijalari bo`yicha shakllantirilgan ma`lumotlar joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Davlat statistika qo`mitasining rasmiy veb-sayti (www.stat.uz) hamda Yunisefning (www.mics.unicef.org) veb-saytiga joylashtiriladi.
MICS kuzatuvi natijalariga ko`ra, uy xo`jaliklarining 40 foizida 5 yoshgacha bo`lgan kamida bitta bola bor.
Ortiqcha vaznli bolalar 5 yoshgacha bo`lgan bolalar umumiy sonining 5 foizidan kamrog`ini tashkil qiladi (o`gil bolalar orasida 5 foiz va qizlar orasida 4 foiz).
20.10.2022 12:26
O`zbekistonda necha foiz otalar farzandlarining ta`lim jarayonlarida ishtirok etishi ma`lum bo`ldi






