Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan Shirnoq viloyatidagi Jizra shahridagi nazorat postida portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Nashrning xabar berishicha, 9 kishi halok bo`lgan 70 ga yaqin odam yaralangan. Taxminiy ma`lumotlarga ko`ra, blokpostning oldida minalashtirilgan avtomobil portlagan.