Biroz avval Toshkentning Bektemir tumanida yong`in sodir bo`lgani bilan aloqador video tarqaldi
FVV sodir bo`lgan hodisa bilan bog`liq ayrim ma`lumotlarni ochiqladi.
Qaydlarga ko`ra, bugun soat 18:04da Bektemir tumani, Xusayn Bayqaro ko`chasida joylashgan "Suvmash" chiqindilarni qayta ishlash zavodi hududida yong`in bo`layotganligi to`g`risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 6 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 18:08 da etib borishib, yong`in soat 18:26 da qurshab olindi va soat 18:38 da yong`in batamom o`chirilgan.
"Yong`inni kelib chiqish sababi va zarari miqdori aniqlanmoqda", — deyiladi xabarda.






