1

O`zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to`g`risidagi deklarasiyani imzoladi

Siyosat 21.10.2022, 11:35
Teglar: Turkmaniston, hujjat
O`zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to`g`risidagi deklarasiyani imzoladi

Turkmanistonda oliy darajadagi muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to`g`risidagi deklarasiyani imzoladilar.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko`p qirrali O`zbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar, shu jumladan:

- O`zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o`rtasida siyosiy muloqot, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish bo`yicha 2022-2024 yillarga mo`ljallangan Amaliy harakatlar rejasi;

- Ikki tomonlama tashqi iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish to`g`risida bitim;

- O`zbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududlarida savdo uylari faoliyatini tartibga solish to`g`risida bitim;

- Ilmiy-texnik hamkorlik to`g`risida bitim;

- Qishloq xo`jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo`yicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi;

- Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro`yxatga olish to`g`risida bitim imzolandi.

Shuningdek, elektr eneregetikasi, bojxona ishi, veterinariya va chorvachilik, kinematografiya va boshqa yo`nalishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Sharhlar

⚡️ Turkmaniston O`zbekistonga bepul suyultirilgan gaz beradi

04.02.2023, 11:49

Turkmaniston prezidenti O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O`zbekistonga bepul o`tkazish bo`yicha farmon imzoladi. Bu haqdagi xabar mamlakat hukumati portalida e`lon qilindi. Ma`lum...
Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

23.01.2023, 12:13

Sal avval anomal sovuq tufayli 12 yanvarda qo`shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat Turkmanistondan  tabiiy gaz importining to`liq to`xtashiga sabab...
⚡️ Shavkat Mirziyoev Turkmanistonga boradi

17.10.2022, 12:22

O`zbekiston prezidentining tashrifi 20-21 oktyabr kunlariga mo`ljallangan, deb xabar qildi Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi, deya yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishcha, tashrif yakunlari bo`yicha ikki tomonlama hujjatlar to`plami imzolanishi...
O`zbekiston va Turkmaniston: Toshkentda yana bir katta xalqaro anjuman tashkil etildi

12.07.2022, 11:33

Bugun, 12 iyul kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida “O`zbekiston va Turkmaniston:hamkorlikning yangi tarixiy bosqichida rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.Tadbir Markaziy Osiyo xalqaro instituti...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1