1

Itiga prezidentning ismini qo`ygan nigeriyalik hibsga olindi

Dunyo 26.08.2016, 15:26
Itiga prezidentning ismini qo`ygan nigeriyalik hibsga olindi

Nigeriyada yashovchi fuqaro itiga mamlakat prezidenti ismini qo`ygani uchun jamoat tartibini buzganlikda ayblanmoqda, deb yozadi “Lenta.ru”.

Ismi aytilmagan Ogun shtatida yashovchi erkak o`z itiga mamlakat prezidenti Muhammad Buxoriyning ismidan kelib chiqib, Buxoriy deb nom qo`ydi. Erkak kuchuk nomini uning qorniga yozdirib, u bilan ko`chada sayrga chiqdi. Tabiiyki, itni mamlakatdagi islom diniga e`tiqod qiluvchi fuqarolar ham ko`rdi.  

Nigeriyaliklar mamlakat prezidentiga bo`lgan bu qadar hurmatsizlikdan norozi bo`ldi va uning ustidan polisiyaga arz qildi. 

Erkak hibsga olindi va biroz muddatdan so`ng u sud ishiga qadar kafolat evaziga qo`yib yuborildi.

Mahalliy polisiyachilarning so`zlariga ko`ra, mamlakatdagi ahvolni hisobga olgan holda it egasining xatti-harakatlarini jamoat tartibini buzish yo`lidagi provokasiya deb hisoblash mumkin.

Ayni paytda Nigeriya iqtisodiyoti so`nggi o`n yillikdagi eng ayanchli davrni boshidan kechirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1