AsosiyJamiyat

Andijondagi “Do`stlik” chegara bojxona postida 848 mln. so`mlik tovarlarni hujjatlarda ko`rsatmasdan olib kirmoqchi bo`lganlar fosh bo`ldi

'Andijondagi “Do`stlik” chegara bojxona postida 848 mln. so`mlik tovarlarni hujjatlarda ko`rsatmasdan olib kirmoqchi bo`lganlar fosh bo`ldi'ning rasmi

848 mln. so`mlik tovarlarni hujjatlarda ko`rsatmasdan olib kirishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi.  Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.        

Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi hamda “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yurtimizga kirib kelgan “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

O`tkazilgan bojxona ko`rigi natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko`rsatilmagan qiymati 848 million. so`mlik 403 200 dona bayram shamlari hamda 832 kg, “Rezinove nit”  tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar