Maktab o`quvchilari uchun I chorakning so`nggi kuni 3 noyabrga to`g`ri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi ta`tilning ilk kuni sanaladi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Ta`til 6 kalendar kun, ya`ni 9 noyabrgacha davom etadi.
II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.
Qayd etish joizki, o`quv yili davomidagi ta`tillarning muddatlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o`rta ta`lim to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Qaroriga asosan belgilanadi.
21.10.2022 13:18
Maktab o`quvchilari uchun kuzgi ta`til sanasi ma`lum qilindi






