Mahalliy vaqt soat 04:52 da Sirdaryo viloyati shimoli Qozog`iston bilan chegaradosh hududlarida kichik er silkinish, Sirdaryo tumani atrofida yashovchi aholi silkinishni akustik zarba bilan hamohang ro`y berganini his qilgan. Bu haqda “O`zgidromet” etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, ayrimlar tumandagi harbiy qismda portlash ro`y berganini ta`kidlashmoqda.
Kichik seysmik faollikni juda tez ''ilg`aydigan'' seysmoprognostik monitor xizmati ham o`z telegram kanaliga silkinish kuchi to`g`risida hozircha rasmiy xabar joylamadi. Demak, mazkur voqea zilzila bilan bog`liq emas.
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida istiqomad qiluvchi aholi kuchli gumburlash, osmonni qizg`ish rangga kirishi va to`satdan bu kuchni devor va dereza oynalariga ta`sir kuchi manbasi qaerdan ekanligi bilan qiziqishmoqda.
Ma`lum qilinishicha, portlash yuqoridagi kameraga olingan ob`ektdan 5 km uzoqlikda ro`y bergan. Chunki, chaqnashdan so`ng, akustik to`lqin 15 sekunddan so`ng ob`ektga etib kelgan. Bu portlash va ob`ekt o`rtasidagi masofa 5 km ekanini anglatadi. Havoda tovushning tarqalish tezligi sekundiga 335 metrga teng.