Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda og`aynisining to`yiga borgan yigit "Neksiya 3" mashinasida "tomosha" ko`rsatgan.
Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining ma`lum qilishicha, to`y 2022 yil 18 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Ko`kdala tumanida bo`lgan. Unda ishtirok etgan kuyovning do`stlaridan biri yo`lning qarama qarshi tomoniga avtomobilida harakatlanib, o`zicha hammani "lol" qoldirgan.
Video internet tarmoqlariga joylashtirilgach, "Neksiya 3" mashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan. Qoidabuzarga Ma`muriy javobgarlik kodeksining tegishli moddalari bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






