AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyati hokimligi portlash bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

'Sirdaryo viloyati hokimligi portlash bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi'ning rasmi

Bugun Sirdaryo tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli omborda yakka tartibda portlash sodir bo`lgani haqida xabar berilgan edi.

Viloyat hokiligi holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ta`kidlanishicha, portlash oqibatida hududga yaqin joylashgan bir nechta aholi xonadonlari va do`konlarning oynalari singan, binolarning ayrim engil konstruksiyalariga ham zarar etgan. 

Hodisa oqibatida xalok bo`lganlar yo`q. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatildi. Ayni vaqtda viloyat sektor rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda harbiy qism atrofida joylashgan mahallalar qamrab olinib, fuqarolar, tadbirkorlik sub`ektlari, korxona, muassasa va tashkilotlarga etkazilgan zararni aniqlash hamda ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar