AsosiyJamiyat

O`zbek yigiti yangi baliq turini kashf qildi

'O`zbek yigiti yangi baliq turini kashf qildi'ning rasmi

Farg`onada yangi baliq turi kashf qilindi. Bu haqda Farg`ona davlat universiteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi mudiri, olim Baxtiyor Sheraliev ma`lum qildi. 

Yangi kashf qilingan So`x yalangbalig`i (Triplophysa daryoae) haqida endi Vikipediyaning o`zbek, rus va ingliz tilidagi versiyalarida o`qishingiz mumkin. Yangi baliq turimiz xalqaro axborot bazalarini zabt etishni boshladi, deydi olim o`z ijtimoiy sahifasida.

“Sizlarni Farg`ona vodiysidan kashf qilingan yangi baliq turimiz bilan tanishtirishga ruxsat bergaysiz. So`x yalangbalig`i —  (Triplophysa daryoae) Triplophysa daryoae Sheraliev, Kayumova & Peng, 2022”, — deydi Baxtiyor Sheraliev. 

Ma`lum qilinishicha, kashfiyot haqidagi maqola xalqaro "Zookeys" jurnalida chop etilgan. 

“Ushbu tadqiqot ishini yakunlashda hammuallifim Yorqinoy Qayumovaning hissasi katta bo`ldi. Fursatdan foydalanib, Yorqinoy opaga o`zimning samimiy minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Yangi baliq turini sevimli qizim Daryo Sheralieva sharafiga "Triplophysa daryoae "deb nomladim. U ulg`aygach, bu qarorimdan va uning ismi fan tarixiga muhrlanganidan xursand bo`ladi deb umid qilaman”, — deya qo`shimcha qildi Baxtiyor Sheraliev.

Yangi tur So`x eksklavidan oqib o`tuvchi So`x daryosida kashf  etilgan.

    Boshqa yangiliklar