AsosiyJinoyat

Popda 1,2 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`ini o`zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi

'Popda 1,2 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`ini o`zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “A-P.” MChJ rahbari A.T. turmush o`rtog`i S. nomiga tashkil etilgan “O.S.” MChJga bank filialidan ajratilgan 1 mlrd so`m hamda “A-P.” MChJga ajratilgan 200 mln so`m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan tibbiy dastgohlar va ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar