AsosiyJamiyat

Xorijga ishga ketish pullikmi?

'Xorijga ishga ketish pullikmi?'ning rasmi

Telegram messenjeri orqali "Human Power Consult" tashkiloti tomonidan fuqarolar Litvaga ishga jo`natilishi uchun tanlovlar o`tkazilishi haqida e`lon berilgan.

Shuningdek, bir guruh fuqarolar murojaatidan ma`lum bo`lishicha, ushbu tanlovda ishtirok etish uchun pul ham so`ralgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Litvaning xalqaro yuk tashuvchi transport kompaniyasi o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan CE toifadagi haydovchilar ishga taklif etilgan va shu kunlarda qiziqish bildirgan nomzodlar o`rtasida tanlov o`tkazilmoqda. 

Xabarda ma`lum qilinishicha, ushbu tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Ta`kidlash joiz, fuqarolarni xorijga ishga jo`natish O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, lisenziyali faoliyat hisoblanadi. Quyida lisenziyaga ega bo`lgan XBA ro`yxatini keltirib o`tamiz:

 Lisenziyaga ega XBA ro`yxati

    Boshqa yangiliklar