AsosiyJamiyat

Qarshi shahrining sobiq hokimi yana qamoqqa olindi

'Qarshi shahrining sobiq hokimi yana qamoqqa olindi'ning rasmi

Sal avval 60 milliard so`mni o`zlashtirishda ayblangan Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilovga nisbatan qo`llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilinib, uy qamog`iga almashtirilgan edi. Ayni paytda Qashqadaryo viloyat prokuraturasining xabar qilishicha, uy qamog`i ehtiyot chorasi qo`llash haqidagi ajrim bekor qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo`llash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirildi.

Ma`lum qilinishicha, viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha apellyasiya instansiyasining 22.10.2022 yildagi ajrimiga asosan, Qarshi shahar sudining Qarshi shahar sobiq hokimi J.Fozilovga nisbatan kiritilgan qamoqqa olish tarzidagi iltimosnoma rad etilib, uy qamog`i ehtiyot chorasi qo`llash haqidagi ajrimi bekor qilinib, qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasini qo`llash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirildi.

Viloyat prokurori tomonidan Qarshi shahar sobiq hokimi J.Fozilov va boshqalarga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi alohida nazoratga olingan bo`lib, tergov natijalari yuzasidan ma`lumot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar