Andijonda "Umra-2022" mavsumida ziyoratga bormoqchi bo`lgan fuqarolarni 1,4 milliard so`mga "chuv tushirgan" shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Xoji ota-onalarni 1 milliard so`mdan oshiq pullari tuya qilingan" nomli xabar tarqalgandi.
Aniqlanishicha, fuqaro F.A. Xo`jaobod tumanidan "Umra-2022" mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarodan jami 1,4 milliard so`m pul olib, o`zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan F.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi "a" bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.