Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonga oxirgi 4 yilda 991 ta, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida 1629 ta elektromobil import qilingan.
O`zbekistonga oxirgi 5 yilda 17 ta davlatdan jami 2620 ta elektromobil import qilingan.
So`nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
2018 yilda – 13 ta
2019 yilda – 39 ta
2020 yilda – 130 ta
2021 yilda – 809 ta
2022 yil yanvar-sentyabr – 1629 ta
Ma`lumot o`rnida, so`nggi 5 yil mobaynida import qilingan jami elektromobillar uchun 71,8 million AQSh dollari sarflangan.