AsosiyJamiyat

Farg`onada o`z uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo`lga olindi

'Farg`onada o`z uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

15 oktyabr kuni tuman IIB JQB va DXX xodimlari hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Konchilar mahalla hududida yashovchi M.R. yashash xonadonida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil etib, fuqarolar U.N., T.S. va S.M.larga tavakkalchilikka asoslangan qimor o`yini o`ynashlari uchun shart-sharoit yaratib berganligi aniqlanib, jami 28.238.000 so`m va 800 AQSh dollari va 148 dona o`yin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish)da ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar