Sirdaryo tumanidagi harbiy qism omborida sodir portlash oqibatida ko`rilgan zarar haqida qo`shimcha ma`lumot berildi.
Xabar berilishicha, ko`rilgan zararni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar mas`ul vakillari hamda viloyat sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan.
Harbiy qism yaqinida joylashgan mahallalar to`liq qamrab olinib, xatlovdan o`tkazilgan. Hisob-kitoblarga ko`ra 3 742 ta turar va noturar joylarning tomi, shifti, deraza va eshik romlariga qisman talafot etgani aniqlangan.
Ko`rilgan amaliy choralar natijasida bugunning o`zida 2 ming kvadrat metr oynalar aholiga etkazilib, o`rnatib berilgan. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda, deyiladi bayonotda.