Shu yilning 25 oktyabr kuni Er yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Ushbu tutilish qisman Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to`liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 82 foizini to`sadi. Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo`lib, O`zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi. Bu haqda O`zbekiston Fanlar akademiyasi ma`lum qildi.
Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Evropa, Yaqin Sharq, G`arbiy Sibir va O`rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi deyarli bir xil katta fazada kuzatiladi. Maksimum fazada Quyosh yuzasining 68% gacha bo`lgan qismi Oy tomonidan to`siladi. Quyoshning botib ketishi tufayli ba`zi hududlarda tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo`ladi.
O`zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin.
O`zbekistonning yirik aholi maskanlari uchun qisman Quyosh tutilishining ba`zi tafsilotlari
Aholi yashash maskanlari | Tutilishning boshlanish vaqti | Tutilishning maksimum vaqti | Tutilishning tugash vaqti | Maksimal fazasi (foizda va tutilish kattaligida*) | Tutilishning umumiy davomiyligi** |
Toshkent | 15:23 | 16:34 | 17:38 | 68% (0,75) | 2 soat 4 daqiqa |
Nukus | 15:08 | 16:23 | 17:33 | 68% (0,75) | 2 soat 25 daqiqa |
Urganch | 15:12 | 16:27 | 17:36 | 67% (0,74) | 2 soat 24 daqiqa |
Navoiy | 15:15 | 16:29 | 17:36 | 68% (0,75) | 2 soat 21 daqiqa |
Buxoro | 15:19 | 16:33 | 17:40 | 66% (0,73) | 2 soat 20 daqiqa |
Samarqand | 15:22 | 16:35 | 17:41 | 66% (0,73) | 2 soat 18 daqiqa |
Qarshi | 15:24 | 16:36 | 17:42 | 64% (0,72) | 2 soat 18 daqiqa |
Termiz | 15:29 | 16:40 | 17:41 | 62% (0,70) | 2 soat 16 daqiqa |
Jizzax | 15:23 | 16:35 | 17:35 | 66% (0,73) | 2 soat 17 daqiqa |
Guliston | 15:27 | 16:39 | 17:41 | 63% (0,70) | 2 soat 16 daqiqa |
Andijon | 15:27 | 16:37 | 17:16 | 67% (0,74) | 2 soat 13 daqiqa |
Namangan | 15:25 | 16:36 | 17:20 | 67% (0,74) | 2 soat 14 daqiqa |
Farg`ona | 15:27 | 16:37 | 17:19 | 66% (0,73) | 2 soat 14 daqiqa |
Qo`qon | 15:26 | 16:37 | 17:22 | 67% (0,74) | 2 soat 14 daqiqa |
Zomin | 15:24 | 16:36 | 17:33 | 66% (0,73) | 2 soat 16 daqiqa |
Tutilish kattaligi – bu Quyosh diametrining Oy tonomidan to`silgan qismi hisoblanadi.
Quyoshning botishi tufayli tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo`ladi.
Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to`g`ri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68% ni to`sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21° ni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to`g`ri keladi.
Tutilish fazalarining Toshkent vaqti bo`yicha boshlanish vaqti
Tutilish fazalari | Foizda | Toshkent vaqti | Quyoshning gorizontdan balandligi |
Boshlanishi | 0% | 25-oktabr 15:23 | 21° |
Maksimumi | 68% | 25-oktabr 16:34 | 9° |
Tugashi | 0% | 25-oktabr 17:27 | 0° (Quyosh botadi) |
Qisman Quyosh tutilishi haqida qisqacha ma`lumot
Qisman Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining ma`lum bir qismi Oy tomonidan to`silish holatiga aytiladi. Quyosh tutilishining qisman bo`lishi Oy va Quyosh markazlarining ustma-ust tushmasdan to`silishi bilan izohlanadi.