AsosiyJamiyat

Yomg`ir bilan boshlanib, quruq va kechalari sovuq haroratlar bilan davom etadi

'Yomg`ir bilan boshlanib, quruq va kechalari sovuq haroratlar bilan davom etadi'ning rasmi

Yangi hafta o`zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotgani ma`lum qilindi.

O`zgidromet sinoptiklari yangi haftaning chorshanba kuniga qadar respublikaga g`arbiy nam havo oqimlarining ketma ketlikdagi ikki bosqichidan yog`ingarchiliklar bo`lishi, 25 oktyabr shimolda, 26 oktyabr esa respublikaning boshqa hududlarida yog`ingarchilik kutilishini ma`lum qilishdi.

Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar kanali. muallifi E. Abdulahatovning yozishicha, haftaning ikkinchi yarmidan antisiklon ta`sirida kechalari sovuq, kunduz kunlari kam bulutli yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. 27-28 oktyabr kunlari shimoliy hududlarda kechalari harorat +1 darajagacha, boshqa hududlarda +3 darajagacha pasayadi.

Kelayotgan haftada harorat sezilarli darajada pasayadi. Haftaning ish kunida respublikaning janubiy viloyatlaridan tashqari deyarli barcha hududlarida havo harorati maksimumi +17 darajadan yuqoriga ko`tarilmaydi.
 

26 oktyabr kuni respublikaning shimoliy hududlaridan boshqa juda katta qismida kuchli frontal shamollar esishi bilan bog`liq kutilmalar ham bor. Ob-havo xizmat markazi 26 oktyabr kuni shamol kuchi 25 m/s gacha kuchayishi, joylarda chang to`zon ko`tarilish xavfini ma`lum qilgan.

Tog`lar va ayrim tog` etaklarida bu yog`iga yog`inlar qorga aylanib yog`ish ehtimoli oshaveradi.

    Boshqa yangiliklar