O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 24-26 oktyabrda tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. 25 oktyabr kunlari shimolda va cho`l hududlarda, 26 oktyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, 26 oktyabrda ba`zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin.
Respublika bo`yicha havo harorati me`yordan 8-10darajaga pasayishi kutilmoqda.
25 oktyabr kuni hududlarda kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti quyidagicha:
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, kechga tomon yomg`ir yog`adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7°, kunduzi 18-20° bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatishlihi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatishlihi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20°bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7°iliq, kunduzi 7-12° bo`ladi.






