AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatildi

'Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatildi'ning rasmi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatildi. Bu haqda "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta`minoti filiali xabar bermoqda.

Unga ko`ra, Toshkentning Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi gaz o`chirilishiga gaz quvurlaridagi nosozliklar sabab bo`lgan.

Sergeli tumani, “Sug`diyona” mahallasida bugun soat 10:00 dan “Mehrigiyo”, “O`zgarish”, “Habibiy”, “Sahovat”, “Qipchoq”, “Nurhayot”, “Daryo bo`yi” mahallalardagi 9 479 ta xonadonlarda hamda ushbu manzillardagi barcha turdagi ulgurji tashkilotlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatildi. 

Yangihayot tumani “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi turmush” “Xushnud”, “Yangihayot”, “Lutfikor”, “Gulshanobod”, “Chortoq”, “Ibrat”, “Olchazor”, “Do`stlik” mahallalaridagi 13 929 ta xonadonlarda, “Sputnik” 10-11-12-13-14-15-16-17-18-mazelardagi 1 580 ta xonadonlarda hamda ushbu manzillardagi barcha turdagi ulgurji tashkilotlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatildi.

Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasida joylashgan gaz quvurida ta`mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli bugun soat 10:00 dan 18:00ga qadar ushbu manzildagi 18 ta maishiy xizmat ko`rsatuvchi ulgurji tashkilotlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

 Ta`kidlanishicha, ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, ushbu hududlarda tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

 

    Boshqa yangiliklar