AsosiyJamiyat

G`ofur G`ulom bog`i test rejimida faoliyat boshladi

'G`ofur G`ulom bog`i test rejimida faoliyat boshladi'ning rasmi

“G`afur G`ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida ta`mirlash ishlari nihoyat yakuniga etish arafasida. Bugundan bog` test rejimida faoliyat boshladi. Bu haqda Chilonzor tuman hokimligi xabar berdi.

Ya`ni o`rnatilgan uskunalar aholi xavfsizligi uchun qayta-qayta sinovlardan o`tkazilmoqda. Tozalash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Bog`ning rekonstruksiya konsepsiyasi o`zining yondashuvi bilan ajralib turadi.

“Biz faqatgina poytaxtning eng yirik yashil hududlaridan birini saqlab qolishni emas, balki hududni yangi va turli daraxtlar, butalar va gullaydigan o`simliklar bilan to`ldirishni ham o`z oldimizga vazifa sifatida qo`ygandik”, – deydi “G`afur G`ulom” bog`i direktorining o`rinbosari Zafar Mirzaulukov.

Bog` barcha rasta, kafe va kabob tayyorlaydigan joylardan tozalandi. Katta e`tibor landshaft dizayniga qaratildi va bunda bog` maksimal darajada tabiiy bo`lib, uyg`unlik saqlab qolindi. Asosiysi, bog`dagi daraxtlar to`liq saqlab qolindi va sug`orish tizimi to`liq o`zgartirildi.

 

“G`afur G`ulom” bog`i “ekofrendli” uslubida yangilandi. Masalan, eng kichik tashrif buyuruvchilar uchun o`yin maydonlarida xorijda ishlab chiqarilgan to`liq tabiiy kompozision materiallardan bo`lgan turli arqonli zinalar, qoyalar va kanatlar o`rnatildi. Bog`ga, yana bitta diqqatga sazovor narsa – charxpalak qaytarilgan. Ushbu attraksion yopiq kabinkalar va kondisionerlash tizimiga ega zamonaviy tarzda jihozlangan. Piyoda sayr qilish va yugurish yo`laklariga joy bo`shatish uchun bog`da attraksionlar soni kamaytirilgan

Bog` hududida joylashgan ikkita ko`l to`la ta`mirlanib, gidrotizimlar to`liq o`zgartirildi, shuningdek, ko`llarning atrofida plyaj zonalari va tabiat qurshovida dam olish uchun joylar yaratildi. Ko`llarning birida qayiq va katamaranlar saqlab qolinmoqda, ikkinchi ko`l esa o`rdaklar uchun ajratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar