AsosiyDunyo
6328

Tug`ruqxonada almashib qolgan kanadaliklar 41 yildan keyin o`z tug`ishganlarini topdi

Vinnipegeda o`tkazilgan matbuot anjumanida kri millatiga mansub ikki kanadalik erkak 41 yil mobaynida begona oilada voyaga etgani tasdiqlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Ular 1975 yilda dunyoga kelgan vaqtida tug`ruqxonada almashtirib qo`yilgan. Tadbirda DNK test natijalari e`lon qilinib, Leon Svenson (Leon Swanson) va Devid Teyt (David Tait Jr.) lar mutlaqo begona oilada voyaga etganligi tasdiqlandi.

“Nima deyishga ham hayronman, oradan 41 yil o`tgan... Gapirishga tilim ojiz...”, dedi Teyt. U o`zini voyaga etkazgan ota-onasini juda ham yaxshi ko`rishini, ulardan voz kechmasligini, yana bir uka-yu, ota-onaga ega bo`lganidan xursandligini bildirdi. Teyt va Svensonlar oilasi yagona va katta oilaga aylanishga qaror qilishdi.

Leon va Devid Manitoba viloyatining Norway House Indian Hospital kasalxonasida uch kunlik farq bilan dunyoga kelgan. Aynan shu tibbiyot muassasida 1975 yilda ulardan boshqa ikki kanadalikning joyi almashtirib qo`yilgani haqida noyabr oyida xabar tarqalgandan keyin  Teyt va Svensonlar ham DNK testidan o`tishga qaror qilgan.

Kanada Sog`liqni saqlash vazirligida o`tkazilgan matbuot anjumanidan keyin hukumat tomonidan tergov ishlari boshlangan. Vazirlik ular yagona almashib qolgan chaqaloqlar emas deb hisoblamoqda. Manitoba viloyatida bo`lib o`tgan bu voqeadan keyin tibbiyot sohasida vrachlarning xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari ko`rilgan.

Boshqa yangiliklar