AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatiga tashlab ketilgan ikki tonnaga yaqin o`lgan tovuqlar atrofga badbo`y hid tarqatmoqda

'Toshkent viloyatiga tashlab ketilgan ikki tonnaga yaqin o`lgan tovuqlar atrofga badbo`y hid tarqatmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi belgilanmagan joyga ikki tonnaga yaqin o`lgan tovuqlar tashlab ketilgani aks etgan video tarqaldi. 

 Bu haqda xabar joylashtirilgan "Nova24"ga ko`ra, noma`lum shaxslar o`lik tovuqlar solingan bir necha o`nlab qoplarni belgilanmagan joyga tashlab ketgan. Oqibatda ulardan chiqayotgan chidab bo`lmas badbo`y hid mahalliy aholining e`tirozlariga sabab bo`lgan.

Qayd etilishicha, tumanda bir qancha parrandachilik korxonalari mavjud. Ammo, tovuqlar nima sababdan nobud bo`lgani, kim tomonidan tashlab ketilgani noma`lum. 

    Boshqa yangiliklar